Kurash boʻyicha musobaqaning 15 nafar gʻolibi davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadigan boʻldi
Navoiy shahrida kurash boʻyicha 2001-2003-yillarda tugʻilgan oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Turizm va sport vazirligi hamda Respublika kurash federatsiyasining yillik taqvim-rejasidagi mazkur mamlakat chempionatining boshqa chempionatlardan farqi va ahamiyatli jihatli, mazkur chempionatning har bir vazn toifasidagi gʻoliblari belgilangan meʼyorlarga muvofiq, oliy oʻquv yurtlariga imtihonsiz, imtiyoz asosida talabalikka qabul qilinadi.

Ham chempionlik, ham talabalik baxtiga muyassar boʻlishni maqsad qilgan polvonlar ushbu chempionatda bor mahoratlarini ishga solishdi. Shiddatli va murosasiz tarzda oʻtgan bellashuvlarda quyidagi sportchilar oʻz vazn toifalariga koʻra barcha raqiblarini yengib, faxrli birinchi oʻrinlarni egallashdi.
Oʻsmirlar
50 kg. – Javohir Zokirov (Jizzax)
55 kg. – Sherzod Normurodov (Navoiy)
60 kg. – Bobomurod Muxtorov (Andijon)
66 kg. – Alpomish Shodiyev (Surxondaryo)
73 kg. - Axror Ziyodullayev (Toshkent sh.)
81 kg. – Muhammadqodir Amanov (Buxoro)
90 kg. – Toʻlqin Turdiyev (Buxoro)
+90 kg. – Qurbonboy Rajabov (Navoiy)
Qizlar
44 kg. – Munisa Eshqulova (Qashqadaryo)
48 kg. – Gulhayo Joʻrayeva (Qashqadaryo)
52 kg. - Jumagul Otajonova (Xorazm)
57 kg. – Komila Qahhorova (Surxondaryo)
63 kg. – Oliya Hamidova (Qashqadaryo)
70 kg. – Ravzaxon Adasheva (Namangan)
+70 kg. – Pokizaxon Kamoliddinova (Fargʻona)
Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlari diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan mukofotlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring