Kun tartibi, ovqatlanish, jismoniy faollik — koronavirusni boshidan oʻtkazgan odam uchun tavsiyalar

15:39 01 Oktyabr 2020 Jamiyat
2421 0

Davolanish jarayonidan keyin holsizlik boʻlishi tabiiy holat. Chunki kasallik yengil kechsa ham, oʻz asoratini tashlab ketadi. Baʼzilarda oʻpkaning shikastlanishi fibroz kuzatiladi, yaʼni normal toʻqima oʻrnini biriktiruvchi toʻqima egallaydi. Yengil daraja boʻlsa, ozgina chandiq qolishi mumkin va buni bemor tuzalganidan soʻng bilmasligi mumkin. Lekin katta oʻchoq zararlansa, hansirash kuzatiladi.

Shuning uchun uy sharoitida yoki ambulator sharoitda reabilitatsiya jarayonini olib borishingiz kerak. Reabilitatsiya jarayonini nafas mashqlaridan boshlash kerak. Kuniga 10-15 minutdan boshlab sekin-asta koʻpaytirish kerak.

Jismoniy faollikning eng muhim prinsiplari — bu muntazamlik va yuklamalarni bosqichma-bosqich oshirib borish, yaʼni haftada 2 soat yoki undan koʻproq vaqt ketma-ket shugʻullanishdan koʻra, har kuni 10 daqiqalik mashqlarni kun davomida takrorlab turish foydaliroqdir. Onangiz ahvollariga qarab yotoqda va oʻtirib bajariladigan mashqlarni Sizning yordamingizda bajarishlari mumkin.

Nafas mashqlari bilan birga yurish ham tavsiya etiladi. Avval xona atrofida, soʻngra asta-sekin hududni kengaytirish mumkin. Soʻngra hovliga yoki koʻchaga chiqishlari mumkin. Holsizlikda ularga hamrohlik qilishingiz tavsiya etiladi.

Jismoniy zoʻriqish keltiruvchi ishlarga toʻliq tuzalmaguncha oʻtish tavsiya etilmaydi. Ular kun tartibi va ovqatlanish tartiblariga rioya qilishlari zarur.

Soat 23:00 dan kech boʻlmagan vaqtda yotib, yaxshi uxlashlari kerak. Dam olish iloji boʻlsa, kun davomida xam dam olishlari mumkin. Uyquni tashkil etishda undan oldin xonani shamollatish zarur. Kompyuter, smartfondan foydalanmaslik, yotishdan oldin bir necha soat televizor koʻrmaslik juda muhimdir.

Toʻgʻri ovqatlanish tamoyillarga koʻra, meʼyordan oshmagan holda hamma narsa yeyish mumkin. Oqsilga boy mahsulotlar, vitaminlar, mikroelementlar ratsionda boʻlishi kerak.

Chegaralanish faqat oʻta yogʻli va shirin mahsulotlarda boʻlishi kerak.

Toʻgʻri tuzilgan kun tartibi, mehnat va dam olish rejimini saqlash, koʻproq ochiq havoda boʻlish, toʻgʻri ovqatlanish va jismoniy faollik kasallikdan tez va asoratsiz tuzalishiga hamda kasallikka qarshi kurashish qobiliyatini oshishiga olib keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер