Kuchli taʼsir qiluvchi dorilarni noqonuniy savdoga chiqarish holatlariga chek qoʻyildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar Chilonzor va Sergeli tumanlari boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi.
Aniqlanishicha, “C.Ph.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi 50 dona, “V.H.” MCHJ dorixonasi sotuvchisi esa 55 dona “Omnadren-250” nomli, tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi modda mavjud boʻlgan dorilarni shifokor retseptisiz sotgan. Dorilar umumiy hisobda 5,1 million soʻmga realizatsiya qilinayotganda sotuvchilar ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Shunga oʻxshash holat Jizzax viloyatida ham qayd etildi. Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda Samarqand viloyatida faoliyat yurituvchi “X.S.” MCHJ dorixonasi provizori A.I. 100 dona “Omnadren-250” nomli dori vositasini Jizzax shahri, “Sayhon” mahallasida yashovchi fuqaro M.X.ga 6,5 million soʻm evaziga, shifokor retseptisiz sotayotgan vaqtida ushlandi.
Mazkur holatlarning barchasi boʻyicha Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi asosida jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi. Ushbu modda kuchli taʼsir qiluvchi dorilarni faqat shifokor retsepti asosida chakana realizatsiya qilish tartibini belgilaydi va uni buzgan shaxslar qonuniy javobgarlikka tortilishi koʻzda tutiladi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Mazkur holatlar dori vositalarini muomalaga chiqarishda nazoratni kuchaytirish va fuqarolar salomatligini himoya qilish zaruratini yana bir bor koʻrsatmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ushbu yoʻnalishda ishlarni davom ettirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring