Krishtianu Ronaldu Yevropa klublaridan biriga oʻtishi mumkin
Arxiv surat
Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu joriy yozda Yevropa Chempionlar ligasi ishtirokchisi boʻlgan klubga oʻtishi mumkin. Bu haqda arab va Yevropaning koʻplab sportga ixtisoslashgan saytlari xabarlar tarqatmoqda.
Xabarlarga koʻra, afsonaviy forvard faoliyatini Germaniyaning «Bayer 04»da davom ettirish mumkin. Bundesliga chempionining bu kutilmagan qiziqishi koʻplab futbol muxlislarini hayratda qoldirmoqda. Aytilishicha, bu transferni klub bosh murabbiyi, Ronaldu bilan «Real Madrid»da birga oʻynagan Xabi Alonso istamoqda.
«Bayer 04»ning Ronalduga qiziqishi jamoaning kelasi mavsum uchun tarkibini kuchaytirishga intilishidan darak beradi. Xabi Alonso portugaliyalik super yulduz jamoani sezilarli darajada kuchaytirishiga ishonmoqda.
Ronaldu bungacha Yevropaning «Sporting», «Manchester Yunayted», «Real Madrid» va «Yuventus» klublari sharafini himoya qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring