Kreml Kiyevni xushlamayapti
AQSH va Rossiya Ukrainadagi urushni tugatish boʻyicha muzokaralarning navbatdagi bosqichini oʻtkazdilar. Bosh muzokarachilar ularning natijalari haqida ehtiyotkorlik bilan gapirishmoqda.
AQSH prezidentining maxsus elchisi Stiv Uitkoff X ijtimoiy tarmogʻida Rossiya tinchlikka intilayotganini va mojaroni hal qilishda AQSHning saʼy-harakatlari va qoʻllab-quvvatlashini yuqori baholagan. Vladimir Putinning yordamchisi Kirill Dmitriev muzokaralarni samarali va konstruktiv deb atadi.
Dmitriev Xʼda Mayamidagi plyaj fonida tushgan fotosuratini joylashtirdi va “Rahmat, Mayami. Keyingi safar Moskvada” yozuvi tushirilgan futbolkada namoyon boʻlgan.
Ukraina delegatsiyasi ham Mayamida boʻlgan, ammo rasmiy maʼlumot berilmagan. Shuningdek, muzokaralarda biror yutuqqa erishilganmi yoki yoʻq bu ham nomaʼlum.
BILD maʼlumotlariga koʻra, Kreml Kiyev bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralarni rad etgan. Rossiya va AQSH muzokaralarida Yevropa vakillari ham ishtirok etgani maʼlum.
Vashington eng qiyin bosqichlar hali oldinda ekanligini, ammo taraqqiyot borligini maʼlum qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring