Kreditdagi avtomobilni sotib olish mumkinmi?

13:56 28 Noyabr 2023 Jamiyat
917 0

- Taqiqdagi avtomashinani boshqa shaxsga hadya qilib, keyin rasmiylashtirib olsak boʻladimi?

Agar hadya qilmoqchi boʻlgan avtotransport vositangiz garov (ipoteka shartnomasi) asosida taqiqqa qoʻyilgan boʻlsa, “Garov toʻgʻrisida”gi Qonunning 21-moddasiga asosan, garovga oluvchining roziligi bilan uni boshqa shaxsga berish, yaʼni hadya qilish, oldi-sotdi qilish, ijaraga yoki bepul foydalanuvga berishingiz mumkin.
Shuningdek, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi quyidagilarga haqli:
- garov bilan taʼminlangan majburiyatni ushbu qonunda belgilangan tartibda muddatidan oldin bajarish;
- garovga oluvchining roziligi bilan garov narsasini almashtirish;
- garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzni garovga oluvchining roziligi bilan boshqa shaxsga oʻtkazish.

Men avtokreditga olingan avtomobilni sotib olmoqchiman. Kredit soʻndirilmasa, avtomobil mening nomimga oʻtmaydi. Shu holatda ham avtomobil egasi bilan kelishuvimizni notarius orqali hujjatlashtirsak boʻladimi?
- Avtoulovni taqiq saqlangan holda bankning rozilik xati va oʻzaro uch tomonlama shartnomasiga asosan oldi-sotdi qilish mumkin. Garov shartnomasi texpasport almashtirilganidan keyin rasmiylashtiriladi.

Otam menga uyni hadya qilishi uchun qanaqa hujjatlar kerak boʻladi?
- Hadya shartnomasini rasmiylashtirish uchun uyga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat, agar mulk onangiz va otangizning nikohi vaqtida orttirilgan boʻlsa, onangizning roziligi kerak boʻladi. Shuningdek, zarur hollarda boshqa hujjatlar talab qilinishi mumkin. Masalan, koʻchmas mulk bank krediti hisobiga sotib olingan boʻlsa, kredit shartnomasi kerak boʻladi.
Bitimni tuzish uchun hadya qiluvchi hamda hadyani oluvchi ham notarial idoraga pasporti bilan kelishi lozim. Bitim vakil tomonidan tuzilayotgan taqdirda, undan vakolatini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.

 

Savollarga Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Farrux Xojayev javob berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?