Kredit mablagʻlarni oʻzlashtirgan MCHJ rahbarlari aniqlandi

15:51 29 Iyul 2023 Jamiyat
524 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinkoʻl tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Q.a.” MCHJ rahbari D.A. va boshqalar hududiy tijorat banki filialidan “X.” MFYda yashovchi 60 nafar aholi xonadoniga issiqxona qurish uchun ajratilgan 2 mlrd soʻm imtiyozli kredit mablagʻlarini soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali boshqa maqsadlar uchun sarflab, talon-taroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Mirobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “K.G.” va “S.Y.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar hujjatlarni qalbakilashtirish yoʻli bilan AITB “Ipak yoʻli” Mirobod filiali hamda ATB “InfinBANK” Uchtepa filialidan aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun jami 900 mln soʻm kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablagʻlarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilishib, bank manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?