Kredit mablagʻlarini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boysun tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.G.” MCHJ rahbari Ш.С. hududiy tijorat banki filialidan zamonaviy issiqxona qurish maqsadida ajratilgan 1 mlrd soʻm kredit evaziga issiqxona jihozlarini olib kelmasdan, kredit mablagʻlarini “N.M.” MCHJga oʻtkazish orqali talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Shu kabi, “B.H.” fermer xoʻjaligi rahbari B.F. chorvachilikni rivojlantirish maqsadida hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablagʻlari evaziga olib kelingan yirik shoxli nasldor chorva mollarini boshqa shaxslarga sotib yuborib, jami 900 mln soʻm kredit mablagʻini talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring