Koʻzi ojizlar oʻrtasida ilk marotaba Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi

17:36 01 Mart 2022 Sport
729 0

Foto: International Sambo Federation

2022-yildan boshlab Xalqaro sambo federatsiyasi (FIAS) zaif koʻruvchilar va koʻzi ojizlar oʻrtasida jahon chempionati va qitʼaviy birinchiliklar oʻtkazilishini yoʻlga qoʻymoqda. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi maʼlum qildi.

Oʻzbekiston sambo assotsiatsiyasi mazkur yoʻnalishda ham ishlarni boshlab yuborgan. Bugun, 1-mart kuni Toshkent shahrida zaif koʻruvchilar va koʻzi ojizlar oʻrtasida Respublika chempionati tashkil etildi.

Chempionatni tashkil etishdan maqsad, mazkur yoʻnalishda ham terma jamoani shakllantirish va shu orqali xalqaro musobaqalarda yurtimiz bayrogʻini yanada yuqoriga koʻtarishdan iborat.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?