Kot-dʼIvuar, Burkina-Faso va Venesuela
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi oktyabr oyida yana 3 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
“Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi 18–31-oktyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinida ishtirok etadi. Islombek Ismoilov boshqarayotgan jamoamiz yigʻin doirasida U-17 jahon chempionati ishtirokchilari — Venesuela, Kot-dʼIvuar va Burkina-Fasoga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Bahslar “Al-Hamriya” stadionida boʻlib oʻtadi”, — deyiladi federatsiya xabarda.
Ushbu jamoalarga qarshi bahslar qaysi sanada oʻtishi bilan quyidagi rasm orqali tanishishingiz mumkin:

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi jahon chempionatidagi ishtirokini 5-noyabr kuni Paragvayga qarshi oʻyin bilan boshlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
- Qiyinchiliklarda toblangan, ichki kuch va ogʻriqlarni jilovlay olgan — “Inson”
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring