Korrupsiyaning oldini – olish ustuvor vazifa

19:45 27 Noyabr 2025 Jamiyat
88 0

Illyustrativ foto

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki tizimida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik va qonun ustuvorligini taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Bank Boshqaruvi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga oid yoʻl xaritalari, nazorat rejalari va oʻquv dasturlari ishlab chiqilib, tasdiqlandi va ijrosi qatʼiy nazoratga olingan.

Oʻtgan davrida xodimlar malakasini oshirish maqsadida Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va Markaziy bank mutaxassislari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish”, “Manfaatlar toʻqnashuvi” va “Bank siri” qonunlarining mazmun-mohiyati boʻyicha oʻquv-seminarlari oʻtkazildi. 100 nafardan ortiq xodim ISO 37001:2025 xalqaro standarti boʻyicha malakasini oshirib, sertifikatga ega boʻldi. Yangidan ishga qabul qilingan 75 nafar xodimga ham korrupsiyaga qarshi bilim va koʻnikmalar yuzasidan oʻquvlar oʻtkazildi.

Bankda ehtimoliy korrupsion risklar tahlil qilinib, ularni bartaraf qilish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat xaridlari jarayonlari oʻrganilib, xaridlar va kreditlash jarayonlarida manfaatlar toʻqnashuvini aniqlashni avtomatlashtiruvchi “ANTISOR-STOP” modulini yaratish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ishga qabul qilish jarayonida 124 nafar nomzod oʻrganilib, salbiy maʼlumotlari sababli 10 nafariga rad javobi berildi. Manfaatlar toʻqnashuvi yuzasidan oʻtkazilgan oʻrganishlarda 12 ta holat aniqlanib, bartaraf etildi. Bank xodimlari va mijozlardan kelib tushgan 90 dan ortiq murojaat koʻrib chiqilib, qonunchilik doirasida choralar koʻrildi.

Boshqaruv raisining joriy yil 10-sentyabrdagi farmoyishiga muvofiq, har oyning ikkinchi chorshanbasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” deb belgilandi va xodimlar oʻrtasida qonunchilik hujjatlarini oʻrganish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi. Markaziy bank va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”dagi vazifalar oʻz vaqtida bajarilmoqda.

Yil yakuniga qadar Qoraqalpogʻiston va Xorazm hududiy boʻlinmalarini ISO-37001 standarti boʻyicha sertifikatlashtirishga tayyorgarlik koʻrish, 65 nafar xodimni “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi”da oʻqitish va bankning ichki meʼyoriy hujjatlarini toʻliq qayta koʻrib chiqish rejalashtirilgan. Shuningdek, seminarlar, davra suhbatlari va anonim soʻrovnomalar orqali xodimlar va mijozlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish ishlari davom ettiriladi.

Bahodir Kirgizov, Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti direktori.

Hamkorlik huquqi asosida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?