Korrupsiyaga qarshi kurashishga koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish ishlari jadallashadi

12:25 13 Noyabr 2021 Jamiyat
1620 0

Bosh prokuraturada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Bosh prokuratura maxsus komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Qayd etish lozimki, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishda jamoatchilik ishtirokini yanada oshirish, latent (yashirin) holatda qolayotgan jinoyatlarni barvaqt aniqlash, ularni oʻz vaqtida fosh etishda tashabbuskor hamda faol fuqarolarning ishtirok etish darajasini kengaytirish va ularni ragʻbatlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 829-son qarori ijrosini samarali taʼminlash maqsadida Bosh prokuratura, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, Oʻzbekiston Harbiy va Transport prokuraturasi, Bosh prokuratura huzuridagi departamentda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha maxsus komissiyalar tashkil etilib, ularning faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Yigʻilish davomida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish borasidagi ishlarni tashkil etish, bu boradagi faoliyatni yanada jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakuni boʻyicha maxsus komissiya aʼzolariga tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?