Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik choralari keskin kuchaytiriladi
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A. Burhonov maʼlum qildi.
Xabarda keltirilishicha, Jinoyat kodeksi loyihasida “korrupsiyaga oid jinoyatlar” tushunchasiga aniq taʼrif berilmoqda va 15 turdagi jinoyatlar bu toifaga kiritilmoqda.
Muhim oʻzgarish sifatida korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jazo choralari keskin kuchaytirilmoqda.
Endilikda, oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilish yoki firibgarlik jinoyatlarini mansab mavqeini suiisteʼmol qilish yoki xizmat mavqeidan foydalanib sodir etish qilmishlari uchun 10 yilgacha (ilgari 5 yilgacha) ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritilmoqda.
Shuningdek, pora olish, pora berish va pora olish-berishda vositachilik qilish jiyanotlari uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda.
Eng asosiysi, poraxoʻrlik jinoyatlarini sodir etgan shaxslar jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinmasligi va jazo yengilrogʻi bilan almashtirilmasligi va boshqa qator dolzarb oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring