Koronavirusning asosiy xavfi nimada? Nima uchun bu kasallikka butun dunyo ahamiyat bermoqda? 

12:46 05 Oktyabr 2020 Jamiyat
959 0

Ushbu savolga bugun AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova quyidagicha javob qaytardi:

— Koronavirus infeksiyasi oʻta kontagiozligi bilan xavfli. U juda tez tarqaladi va agressiv. 

Virus oʻpka nafas tizimini zararlaydi va oʻtkir respirator distress sindromini rivojlantiruvchi pnevmoniyani chaqiradi. Bu esa oʻz navbatida oʻtkir nafas yetishmovchiligining ogʻir turiga olib keladi va oʻlim bilan ham yakunlanishi mumkin. 

Dunyo boʻylab kundan kunga kasallangan va vafot etganlar soni tezlik bilan ortib bormoqda. Hozirgi kunda dunyo boʻylab koronavirusdan 1 mln.dan koʻp bemorlar vafot etdilar va kasallar soni 35 mln.dan ortdi. Shuning uchun butun dunyo bu kasallikka katta ahamiyat bermoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?