Koronavirusga chalinganlar uchun eng xavfli kun maʼlum qilindi
Odatda, koronavirus birinchi haftada yengil yoki oʻrtacha oʻtadi. Uning ogʻirlashishi, organizmda sitokin boʻroni kasallikning 9-10 kunida namoyon boʻladi.
Bu haqda ukrainalik shifokor-pediatr Andrey Penkov maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, aksariyat hollarda ayni shu vaqtda kasalxonaga yotqizish talab qilinadi.
“Sitokin boʻroni kasallikning birinchi haftasidan soʻng boshlanadi — kasalxonaga yotqizish kerak boʻladigan davr ham koʻpincha ayni shu vaqtda zarur boʻladi. 9-10 kunda koronavirusga chalingan bemorda nafas qisilishi, oʻtkir nafas yetishmovchiligi sindromi kuzatiladi. Bu bakterial jarayonlar emas, balki immunitet tizimining haddan tashqari reaksiyasi hisoblanadi”, deydi shifokor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring