Koronavirus haqida yolgʻon xabar tarqatgan radiokanal xodimi kechirim soʻradi 

09:21 05 Mart 2020 Jamiyat
1051 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻonadagi “Ruxsor” radiokanali xodimi tomonidan “Koronavirus kasalligi Fargʻonaga kirib keldi”, degan mazmundagi audio tarqatib yuborilgan. Bu esa aholi orasida vahima va turli bahs-munozaralarga sabab boʻldi.

Shu oʻrinda aytish lozimki, Sogʻliqni saqlash vazirligi, shu jumladan, Fargʻona viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan ham oʻtkir respirator infeksiyalar, jumladan, koronavirus infeksiyasining yangi turining yurtimizga kirib kelishining oldini olish borasida qatʼiy nazorat oʻrnatilgan.

“Yuqoridagi asoslanmagan xabar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va aholi orasida tarqalib boʻlgach jurnalist yolgʻon xabar tarqatganligi uchun uzr suradi. Raddiyada koʻpchilikni vahimaga solgan yolgʻon xabarni u doʻstlariga hazil maʼnosida aytganini, ammo bu audio maʼlumot doʻstlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborilganini maʼlum qilib, xalqimizdan kechirim soʻradi” deb xabar berdi Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?