Ko‘rib chiqilgan qonunda fors-major holatlar o‘z yechimini topgan
Foto: "Xalq so'zi"
Senatning qirqinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida fors-major holatlarda davlat aviatsiyasi havo kemalari tomonidan havo hududi va aerodromlardan foydalanish sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni (Dushanbe, 2021 yil 10 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, bitimning asosiy maqsadi fors-major holatlarda davlat aviatsiyasi havo kemalarining havo hududi va aerodromlardan foydalanish sohasida o‘zaro hamkorlik qilishning yagona tartibini belgilashdan iborat.

Hujjatga muvofiq, fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda tomonlar davlat havo hududini qisqa muddatli kesib o‘tishga, o‘z aerodromlaridan biriga zaxira sifatida qo‘nish uchun ruxsat berishga haqliligi nazarda tutilgan.
Hujjatning ratifikatsiya qilinishi parvozlar xavfsizligini yanada ta’minlashga xizmat qiladi.

Senatorlar mazkur Bitimning ratifikatsiya qilinishi ikki mamlakat o‘rtasidagi konstruktiv va o‘zaro manfaatli hamkorlikning mantiqiy davomi bo‘lishini, bu mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, butun Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror rivojlanishiga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.




Foto: "Xalq so'zi"
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring