Koreyada koʻpgina ota-onalar va oʻqituvchilar koronavirusni bolalardan yuqtirgani aniqlangan — Shtab aʼzosi

12:47 04 Sentyabr 2020 Jamiyat
891 0

Koronavirus kasalligi bolalarda koʻpincha klinik simptomsiz yoki yengil kechar ekan. Bolalar oʻzlarini yaxshi his etsalar, demak, ular atrofdagilar uchun ham xavfsizmi? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova javob berdi.

"Bolalarda koronavirus keltirib chiqaradigan Covid-19 kasalligi koʻpchilik holatlarda yengil yoki klinik belgilarsiz (simptomlarsiz) kechsa ham, ular ushbu virusning asosiy tarqatuvchilaridan biri boʻlishlari va ular oʻz oilalaridagi kattalarga, ayniqsa xavf ostidagi guruhlardagi qarindoshlariga yuqtirishi va aholi oʻrtasida kasallikni koʻpayishiga olib kelishi mumkin.

Koʻpgina davlatlar olimlari izlanishlari natijalariga koʻra, koronavirus simptomlari bor bolalar organizmlarida virus 20 kun davomida, simptomsiz kechadigan bolalarda esa 14 kun davomida ishlab chiqarib turilgan. Demakki, ular shu kunlar davomida oʻzlari bilmagan holda atrofdagilar uchun xavfli boʻlganlar. Ushbu izlanishlar natijalariga koʻra Koreya davlatida koʻpgina ota-onalar va oʻqituvchilar kasallikni bolalaridan yuqtirganliklari aniqlangan.

Shu sababli pandemiya tarqalishini oldini olish uchun bolalar qatnaydigan oʻquv muassasalarda tibbiy hamda sanitar epidemiologik nazoratni kuchaytirishimiz lozim", dedi Abdusamatova.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер