Koreya kompaniyasi Zomin EIZga investitsiya kiritmoqchi

13:00 12 Iyun 2024 Jamiyat
390 0

Said DONISHEV/“Xalq soʻzi”. Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi va Koreya Respublikasining Unimed Pharmaceticals kompaniyasi vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Xorijiy kompaniya vakillari Zomin EIZ va “Tashkent Pharma Park” klasteri hududlarini yaqindan oʻrganib, Oʻzbekistonda farmatsevtika bozoriga qiziqish yuqoriligi, hamkorlikda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish taklifini bildirdi.

Agentlik rahbari mamlakatimizda farmatsevtika sohasida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar, investorlar uchun yaratilayotgan imtiyozlar va sharoitlar haqida toʻxtalib oʻtdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini oʻrnatish borasida kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?