Koʻp qavatli uylar qishki mavsumga shay holatga keltirilmoqda
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyatida koʻp qavatli uylarni qish mavsumiga tayyorgarligini taʼminlash boʻyicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Andijon shahridagi “Qoʻshariq”, “Yashnobod”, “Binokor” va “Bunyodkor” mahallasidagi 75 ta koʻp qavatli turar-joylar qishki mavsumni betalafot oʻtkazishi uchun barcha sharoitlar yaratildi.
— Tayyorgarlik jarayonida 3 ta uyning eskirgan ichimlik suvi quvuri yangilandi, — deydi “Andijon suv taʼminoti” AJ bosh muhandisi Humoyun Alimov. — 12 ta uyning yertoʻlasi nazoratdan oʻtkazilib, oqava suv quvuridagi muammolar bartaraf etildi. Har bir xonadondagi suv joʻmraklarining ishlash tizimi koʻzdan kechirilib, aholi orasida targʻibot va tushuntirish ishlari oʻtkazildi.
Shuningdek, tabiiy gaz taʼminoti sifatini yaxshilash boʻyicha 8 ta tarmoq ustunlari va 500 metr quvur soz holatga keltirildi. 40 ta xonadondagi gaz jihozi texnik koʻrikdan oʻtkazildi. Ichki yoʻllarni asfaltlash va taʼmirlash uchun 25 tonna asfalt qoplamasi yotqizildi. Bu kabi saʼy-harakatlar viloyatdagi barcha koʻp qavatli uylarda davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring