Kontrafakt va isteʼmolga yaroqsiz tovarlar haqida xabar bergan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi belgilandi

18:01 05 May 2023 Hujjatlar
1109 0

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 2023-yil 1-iyundan boshlab isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, sertifikatlanmagan, saqlash muddati oʻtib ketgan, kontrafakt va isteʼmolga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish holatlari boʻyicha murojaatlar “Soliq hamkor“ axborot tizimi orqali qabul qilinadi va koʻrib chiqiladi.

“Soliq hamkor“ axborot tizimi orqali murojaatlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni ragʻbatlantirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

— axborot tizimi orqali kelib tushgan murojaatlar nazorat va boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun asos boʻladi;

— murojaatlar vakolatli organlar tomonidan 10 ish kunida majburiy tartibda koʻrib chiqilib, natijasi boʻyicha murojaat yoʻllagan shaxs xabardor qilinadi, bundan qonunchilikda belgilangan holatlar mustasno;

— tasdigʻini topgan qonun buzilishi holatlari boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarlik uchun jarimaning 20 foizi, jinoyatlar uchun esa BHMning besh baravarigacha miqdorda ragʻbatlantiriladi.

Eslatib oʻtamiz, kontrafakt va isteʼmolga yaroqsiz tovarlar haqida xabar bergan shaxslar ragʻbatlantirilishi prezident qarori bilan belgilangandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?