Yengillik bilganingni qil degani emas...
Ma’lumki, Bojxona kodeksining 145-moddasiga asosan, tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini bojxona to‘lovlari to‘lashdan shartli ozod etilgan holda bojxona hududiga bir qator shartlarga rioya etilgan hollarda vaqtincha olib kirishga yo‘l qo‘yiladi.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan ushbu moddaning talablariga zid ravishda, tijorat maqsadlarida foydalanish uchun olib kirilib, respublikamiz hududidan qayta olib chiqib ketilmasdan yoki tegishli bojxona rejimiga rasmiylashtirilmasdan konteynerlarni mayda qismlarga bo‘lish, parchalash orqali ushbu konteynerlardan foydalanib kelayotgan bir guruh shaxslarni fosh qilish bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan “1-Avtobus Saroyi” mas’uliyati cheklangan jamiyatning orqa tomonidagi bannerlar o‘ralgan hudud amaldagi tartiblarga ko‘ra ko‘zdan kechirilganda 11 dona but holatdagi bo‘sh konteyner hamda bo‘laklarga bo‘lingan konteynerlar qismlari borligi aniqlandi.
Ushbu hududda faoliyatini amalga oshirayotgan fuqaro tomonidan shu kunga qadar yo‘q qilingan 40 dona hamda yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan 11 dona butun konteynerning taxminiy qiymati esa 62,2 mln. so‘mni tashkil etdi. Agarda mazkur konteynerlar belgilangan tartibda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilganida taxminan 170,4 mln. so‘m bojxona to‘lovlari undirilgan bo‘lar edi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan konteynerlarning egasiga nisbatan tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring