Konstitutsiya kuni munosabati bilan ommaviy umumrespublika diktanti tashkil etiladi
Foto: “Xalq soʻzi”
Prezident farmoyishi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturi tasdiqlandi. Unga muvofiq:
— tuman va shahar markazlarida “Konstitutsiya koʻchasi” tashkil etiladi;
— jurnalist va blogerlar oʻrtasida “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola” tanlovi oʻtkaziladi;
— yangi tahrirdagi Konstitutsiya 3 ming nusxada brayl alifbosida nashr etiladi;
— Konstitutsiyaning yaratilish tarixiga bagʻishlangan arxiv hujjatlari koʻrgazmasi tashkil etiladi;
— davlat tashkilotlarida “Mening Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy umumrespublika diktanti tashkil etiladi;
— maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Xalq Konstitutsiyasi”, “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”, “Konstitutsiya – kelajagim mashʼali” mavzularida rasmlar va insholar tanlovi oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring