Konstitutsiya – farovon hayotimiz asosi
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Konstitutsiya – adolat tantanasi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sayyora Abdikarimova maʼruza bilan ishtirok etdi.
Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — xalqimiz irodasining, milliy qadriyatlarimizning va demokratik tamoyillarga sadoqatimizning bosh poydevoridir.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya mamlakatimiz taraqqiyotini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqdi. Unda xalqimizning manfaatlari, ijtimoiy adolat va inson qadrini yuksaltirish masalalari yanada keng ifodalandi.
Ijtimoiy himoya, iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlashga qaratilgan normalar izchil takomillashtirildi.
Eng muhimi, yangilangan Konstitutsiyada davlat faoliyatining markaziga “inson qadri uchun” degan oliy tamoyil qoʻyilib, davlatning insonga xizmat qilishi asosiy va uzviy qoida sifatida belgilangan.
Konstitutsiyaning inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, davlat suvereniteti, jamiyatda tinchlik va totuvlik tamoyillariga rioya etish hamda hayotimizning barcha jabhalarida keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirishning kafolati ekanligi qayd etildi.
Yangilangan Konstitutsiyamizning muallifi xalqimiz ekanligi, bu bayramni koʻtarinki ruhda oʻtkazish va Konstitutsiyamizda belgilangan moddalarni, normalarini bilishimiz va hayotda qoʻllay olishimiz har birimizning burchimiz hisoblanishi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring