Konimexda oilaviy shifokorlik punkti ochildi
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Konimexdagi “Telemen” oilaviy shifokorlik punkti tumanning “Guliston” va “Yuksalish” mahallalarining qariyb uch ming nafar aholisiga birlamchi tibbiy xizmat koʻrsatadi. Oʻtgan asrning yetmishinchi yillarida bunyod etilgan ushbu muassasa yaqingacha nafaqat texnik, balki maʼnan eskirgan holatda faoliyat yuritib, aholining sifatli tibbiy xizmatga ehtiyojini imkon qadar qanoatlantirib kelgan.


— Ushbu holat tumanimizdagi mazkur ikki mahalla ahlini yagona maqsad yoʻlida birlashtirdi, — deydi mahalla faoli Guldana Narimbetova. — Ular “Tashabbusli byudjet” loyihasida faollik koʻrsatib, “Telemen” OSHP tubdan taʼmirlash boʻyicha oʻz takliflarini bildirishdi.
Natijada “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida ushbu muassasa kapital taʼmirlanib, bunyodkorlik ishlariga 632 mln. soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi. Tuman hokimligi va sogʻliqni saqlash tizimi orqali ushbu muassasa avtomatik, biokimyoviy va gematologik analizatorlar, stomatologiya jihozlari hamda “Tez yordam” avtomashinasi hamda bir qator zamonaviy tibbiy uskuna va jihozlar, mebellar bilan taʼminlandi.

OSHPning taqdimot marosimida soʻz olganlar mamlakatimizda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi oʻlaroq, bugun eng chekka qishloqlarda ham zamonaviy shifo maskanlari qad rostlab, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tibbiy xizmat sifatini davr talablari darajasida tashkil etish, eng muhim ushbu islohotlarda aholining takliflari inobatga olinayotganligini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring