“Komo” jamoasi “Napoli”ni musobaqadan chiqarib yubordi

11:00 11 Fevral 2026 Sport
247 0

Kecha, 10-fevral kuni Italiya kubogi musobaqasining chorak final oʻyinlari start oldi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Napoli” klubi Neapol shahridagi “Diyego Armando Maradona” stadionida “Komo” bilan bellashdi. Oʻyinning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 39-daqiqasida “Komo” yarim himoyachisi Martin Baturina hisobni ochdi. Ikkinchi boʻlim boshida, 47-daqiqada “Napoli” yarim himoyachisi Antonio Vergara muvozanatni tikladi.

Ekstra-taymlarda esa hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasiga kelib esa, “Komo” jamoasi gʻalabani ilib ketdi. “Napoli” safidan sakkizinchi zarbani yoʻllagan Stanislav Lobotka gol ura olmadi. Shu tariqa, seriya 6:7 hisobida mehmonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa, “Komo” jamoasi musobaqa yarim finaliga yoʻl oldi. Maʼlumot uchun, Italiya kubogining amaldagi sohibi — “Bolonya” hisoblanadi. Jamoa oʻtgan mavsum finalida “Milan”ni 1:0 hisobida magʻlub etgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер