Komiljon Toʻxtayev yetakchiligidagi togʻ changʻichilarimiz Osiyo chempionatiga yoʻl oldi

12:07 22 Fevral 2022 Sport
829 0

2022-yil 24-25-fevral kunlari Livanda togʻ changʻisi boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. 

Unda ishtirok etadigan jamoamiz bugun tunda Livanga yoʻl oldi.

Tarkibda Pekin — 2022 qishki Olimpiya oʻyinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Komiljon Toʻxtayev, Lozanna — 2020 yoshlar Olimpiadasi ishtirokchisi Valeriya Kovalyova singari sportchilarimizni uchratish mumkin. 

Oʻzbekiston changʻi sporti federatsiyasining maʼlum qilishicha, bosh murabbiyi Andrey Voronov quyidagi tarkibni Osiyo chempionatiga jalb qilgan:

Erkaklar:
— Komiljon Toʻxtayev
— Arman Gayupov
— Medet Nazarov
— Rolan Raimqulov

Ayollar:
— Valeriya Kovalyova
— Raʼno Imonqulova
— Sabina Sultonova

Hamyurtlarimiz musobaqada slalom va gigant slalom dasturlarida ishtirok etishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?