Koʻkdala dalalaridan jahon bozoriga

14:22 21 May 2025 Jamiyat
115 0

Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Qashqadaryo viloyatining Koʻkdala tumani dehqonlari ertachi tarvuz yetishtirib, dunyoning turli mamlakatlariga eksport qilishi bilan nom qozongan. Oʻtgan yili koʻkdalalik mirishkorlar 15 ming gektar maydonda ertachi tarvuz yetishtirishgan boʻlsa, shu turdagi poliz mahsuloti ekilgan maydonlar qamrovi 22 ming gektarga yetdi. Ayni paytda pishib yetilgan hosil peshma-pesh ravishda Qozogʻiston, Qirgʻiziston hamda Rossiya bozorlariga joʻnatilmoqda.

Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmatidan olingan maʼlumotga koʻra, hozirgi kunga qadar viloyatdagi turli tashkilotlar tomonidan deyarli 2 ming tonnaga yaqin tarvuz “eksport” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan. Bu boradagi ishlar davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер