Kogonda qurilayotgan sanoat majmuasidan 100 million dollar eksport kutilmoqda

15:39 01 Iyun 2024 Siyosat
242 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan boʻlib oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida Buxoroda odamlarni ishli qiladigan katta imkoniyat – sanoat zonalari ekani aytib oʻtildi. 

Yigʻilishda qayd etilishicha, ilgʻor xorijiy tajriba asosida Kogon tumanida 1 ming gektarda yirik sanoat majmuasi barpo qilinmoqda. Birinchi bosqichda 300 million dollarlik loyiha amalga oshiriladi. 

Bu – viloyat iqtisodiyotiga yiliga 250 million dollar qoʻshilgan qiymat, 2 mingta ish oʻrni, 250 milliard soʻm soliq tushumi va 100 million dollar eksport beradi.

Yangi majmua tajribasini, jalb qilingan mutaxassislar bilimini boshqa sanoat zonalariga tatbiq qilish kerakligi aytildi.

Mutasaddilarga sanoat zonalari boʻyicha imtiyoz va sharoitlari jozibador boʻlgan yangi qonunlar paketini kiritish topshirildi.

Shuningdek, viloyatda elektrotexnika, zargarlik, qurilish materiallari, konchilik, yoʻl qurilishi, mehmonxona sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalarni tezlashtirish, investorlarga har tomonlama koʻmaklashish zarurligi qayd etildi.

Buxoro tumanida qurilishi boshlangan neft-kimyo klasteri ishga tushirilsa:

•  import boʻlayotgan benzol, olefin, aromatik uglevodorod, naftadan pentan va geksan eritgichlari ishlab chiqariladi;
•  viloyat sanoatiga 4,5 trillion soʻmlik qoʻshilgan qiymat va 600 ta yuqori daromadli ish oʻrni yaratiladi;
•  eksport 130 million dollarga oshib,  yiliga 300 milliard soʻm soliq tushumi paydo boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?