Klasterlar qisqa vaqtda katta oʻzgarishlarga zamin yaratdi

Saylovoldi uchrashuvlarida klasterlar rahbarlari tomonidan aytilgan muammoli masalalar hal etilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev ikkinchi muddatga Oʻzbekiston Prezidenti etib saylanganidan keyin oʻtkazgan dastlabki videoselektor yigʻilishi qishloq xoʻjaligida klaster tizimini rivojlantirish, aniqrogʻi, ushbu soha oldidagi muammoli masalalarni hal etishga bagʻishlandi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki joylardagi saylovoldi uchrashuvlarida klasterlar rahbarlari va ishtirokchilari oʻzlarini qiynab kelayotgan koʻplab muammolar borligini bildirishgan edi. Oʻshanda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ushbu masalalar tizimlashtirilib, albatta, oʻz yechimini topishini aytgandi.
Qarangki, ushbu jarayon kutilganidan ham erta boshlanib, birdan amaliy ishlarga oʻtildi. Bu kelgusi besh yillikda moʻljallangan dasturiy vazifalar ijrosi izchil taʼminlanishidan yaqqol dalolatdir.
Paxta tolasi eksporti batamom toʻxtatildi
Mustaqillikning dastlabki yillarida yurtimizda yetishtirilgan paxta xom ashyosining taxminan 7 foizi oʻzimizda qayta ishlanib, 2016-yilda bu koʻrsatkich jami 37 foizga yetkazilgan boʻlsa, bugungi kunda Oʻzbekiston oʻz paxta tolasini 100 foiz qayta ishlash quvvatiga ega boʻldi. Natijada xom ashyo eksporti batamom toʻxtatildi. Aksincha, qayta ishlanib, qoʻshimcha qiymatga ega mahsulot sifatida eksport qilina boshlandi.
Tabiiy savol tugʻiladi, oʻtgan qisqa davrda bunga qanday erishildi?
Shubhasiz, bu Prezidentimiz gʻoyasi va tashabbusi asosida qishloq xoʻjaligida klaster tizimi joriy etilgani, ekin maydonlari paxta-toʻqimachilik klasterlariga berilgani sharofatidir.
Darhaqiqat, bugungi kunda Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasi tizimida 124
Bir misol, Namangan viloyatida klaster tizimi joriy etilmasdan oldin paxta hosildorligi 24 sentnerni tashkil etardi, xolos. Tarmoqqa klaster kirib kelgach, oʻrtacha hosildorlik 11 sentnerga koʻtarilib, bu yil 35 sentnerga yetkazildi. Natijada 60 ming tonna qoʻshimcha sanoat xom ashyosi yigʻishtirib olindi. Buning bosh omili manfaatdorlik bilan izohlanadi. Axir paxta xom ashyosiga buyurtmachi ham, uni yetishtiruvchi va qayta ishlovchi ham klasterlarning oʻzi hisoblanadi. Shu maʼnoda, moʻl va sifatli xom ashyo yetishtirishdan, avvalo, uning oʻzi manfaatdor!
Intensiv va tejamkor texnologiyalar samara berdi
2017-yilda mamlakatimizda yetishtiriladigan yalpi paxta hosilining bor yoʻgʻi 0,9 foizi klasterlar hissasiga toʻgʻri kelgan boʻlsa, ushbu koʻrsatkich 2018-yilda 15,1 foizni, 2019-yilda 68 foizni, 2020-yilda 91 foizni tashkil etdi. Joriy yildan eʼtiboran paxta xom ashyosi 100 foiz paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan yetishtirilyapti.
Chindan ham, klasterlar 2021-yilda 1 million gektardan ortiq maydonda gʻoʻza parvarishlagan boʻlsa, paxta hosilini har qachongidan erta yigʻishtirib olishga muvaffaq boʻlindi. Oʻtgan mavsumlarga taqqoslaydigan boʻlsak, bu yilgi paxta yigʻim-terim mavsumi oxirgi 30 yillikdagi eng tez va uyushqoqlik bilan oʻtkazilgani bilan ajralib turibdi. Joriy yilgi noqulay ob-havo sharoitida bunga erishish oson boʻlgani yoʻq, albatta.
Yil boshi anomal sovuq kunlarga boy boʻlib, chigit ekish anchayin kechikkan boʻlsa, yoz oylaridagi qurgʻoqchil va issiq havoning gʻoʻza shonasi, guli hamda hosil tuganaklariga salbiy taʼsiri sezildi. Ammo mavsumning oʻziga xosliklari inobatga olinib, tezkor chora-tadbirlar koʻrilgani, intensiv agrotexnologiyalar qoʻllanilgani tufayli hosil saqlab qolindi. Oʻz navbatida, sentyabr oyining quruq va issiq kelishi gʻoʻza tuplari uchidagi koʻsaklarning tabiiy holda tezroq ochilishiga sabab boʻldi. Bu esa yoz oylarida jazirama issiqda qisman yoʻqotilgan hosil oʻrnini qoplash imkonini berdi. Natijada respublikada paxta hosildorligi 85 — 90 foiz boʻlishi haqidagi prognozlar oʻzini oqlamadi. Moʻljaldagi hosil yetishtirilib, yuksak paxta xirmoni yaratildi.
Yana bir eʼtiborga molik jihat shundaki, mavsumda majburiy mehnat, bolalar mehnati kabi salbiy holatlarga mutlaqo yoʻl qoʻyilmadi. Aksincha, hosil klasterlar ishchilari, koʻngilli hasharchilar koʻmagida terib olindi. Qolaversa, paxtachilikni mexanizatsiyalashtirish ishlari jadallashmoqda. Birgina Jizzax viloyatida paxta dalalariga 401

Davlatimiz rahbari matbuotga bergan birinchi intervyusida alohida taʼkidlaganidek, “Ahvol shu darajaga yetib borgan ediki, uyimizning tomigacha paxta ekdik, lekin kosamiz oqarmadi. Maktab bolalarini ham paxtaga haydadik. Sevimli shoirimiz Abdulla Oripov oʻz davrida chuqur dard va iztirob bilan «Million egatlarga sochilgan oʻzbek”, deb yozganidek, yuz yil egilib paxta terdik.
Yaqin-yaqingacha har yili taxminan 6-7 million odam paxta terimiga majburan safarbar etilardi. Mana, uch yildan buyon ular bu mashaqqatdan qutuldi. Qanchalik qiyin boʻlmasin, bu sohada biz bozor iqtisodiyotining sinalgan va samarali usullarini, jumladan, klaster tizimini joriy etdik. Klasterlar yordamida gektaridan paxta boʻyicha 50 sentner, gʻalla boʻyicha 100 sentnerdan hosil olishni koʻzlayapmiz va bu marralarga, albatta, erishamiz».
Sohada qoʻl mehnatining keskin qisqarishida klasterlar tomonidan 5 mingdan ortiq yuqori unumli texnikalar olib kelingani, shu jumladan, 660
Hosildorlik 60 sentnerga koʻtariladi
Davlatimiz rahbari videoselektor yigʻilishida alohida taʼkidlaganidek, klasterlar qisqa vaqtda katta oʻzgarishlarga zamin yaratdi. Kelgusidagi rejalar esa yanada ulkan. Yaqin besh yilda hosildorlikni kamida 2 barobar koʻtarish, xom ashyoni chuqur qayta ishlash, eksportni 7 milliard dollarga yetkazish, aholi bandligi va daromadlarini yanada oshirish maqsad qilingan.
Xalqimizda “Sara urugʻ — hosil boʻliq” degan purmaʼno hikmat bor. Bundan anglashiladiki, yuqori hosildorlikka erishishning birlamchi sharti sifatli nav va urugʻlikka ega boʻlishdir. Shuning uchun Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasi tizimidagi klasterlarda har bir hudud tuproq-iqlim sharoitiga mos, kasallik va hasharotlarga chidamli, ayni paytda ekstremal sharoitlarga moslashuvchan navlarni tanlab ekishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Endilikda klasterlarga gʻoʻza va gʻallaning eng hosildor navlarini import qilish va mustaqil joylashtirishga ruxsat berilayotgani esa bu boradagi ishlarimizni jonlantirib yubordi. Qolaversa, ilmiy-tadqiqot institutlariga yuqori avlodli urugʻliklar tayyorlash uchun 10 million dollar ajratilishi, kelgusi 2 yilda gʻoʻzaning 40 dan ziyod yangi navlari sinovdan oʻtkazilib, eng istiqbolli 10
Shu bilan birga, klasterlarning suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish,
Eskicha moliyalashtirish tartibi toʻliq oʻzgaradi
Tan olish kerak, keyingi paytda qishloq xoʻjaligi sohasida inqilobiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Avvalo, maʼmuriy va tartibga soluvchi toʻsiqlar bartaraf etilib, sohaga bozor munosabatlari joriy qilinmoqda. Eng katta yengillik esa davlat roli qisqartirilib, xususiy sektorga berilayotganligidir. Bu jarayonda paxta-toʻqimachilik klasterlariga ham qoʻshimcha imtiyozlar taqdim etilyapti.
Paxta-toʻqimachilik klasterlari oldiga qoʻyilayotgan qishloqqa sanoatni olib kirish, chekka hududlarda minglab yangi ish oʻrinlari yaratish, qoʻshimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish kabi ustuvor vazifalar ijrosini toʻla-toʻkis taʼminlashda bitta masala — moliyalashtirishdagi nomutanosibliklar orqaga tortib turgan edi.
Aksariyat tadbirkorlar amaldagi moliyalashtirish tartibi klasterlarning ishlab chiqarish sikliga mos kelmasligi sababli mablagʻ yetishmovchiligiga duch kelishayotgandi. Negaki, hozirgi moliyalashtirish tizimiga koʻra, kreditlar atigi 1 yilga beriladi. Bu esa paxta yetishtirish umumiy xarajatlarining koʻpi bilan 60 foizini qoplaydi, xolos. Qolgan qismi va tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish zanjirining keyingi bosqichlarini moliyalashtirish uchun tadbirkorlar yuqori foizli (yillik 25-26 foizli) qoʻshimcha kreditlar olishga majbur boʻlmoqda.
Prezidentimizning tashabbusi bilan moliyalashtirishdagi muammolar toʻliq hal etilyapti. «Eng asosiy muammo — amaldagi eskicha moliyalashtirish tartibi. U sohani rivojlantirish boʻyicha qoʻyilgan talablarga mutlaqo javob bermayapti. Paxta-toʻqimachilik klasterlari kredit muddatlarini uzaytirish va miqdorini koʻpaytirishni soʻrayapti. Hozirda klasterlarga kredit 11 oy muddatga ajratiladi. Paxta xom ashyosini yetishtirib, uni qayta ishlashga esa kamida 24 oy kerak. Yerni ekishga tayyorlash oktyabrda boshlansada, kredit 3-4 oy kechiktirib, yanvar-fevral oylaridan ajratiladi. Bu eski tizim endi toʻliq oʻzgaradi”, dedi davlatimiz rahbari.
Yangi moliyalashtirish tartibiga koʻra, endilikda paxta hosilini moliyalashtirish yerni shudgorlash davri, yaʼni oktyabr oyidan boshlanadi. Eng muhimi, bundan buyon, klasterlarga kreditlar 24 oy muddatga ajratilib, uning imtiyozli davri amaldagi 11 oydan 18 oygacha uzaytiriladi. Olingan kreditlarni qaytarishda ham yengilliklar berilyapti. Yaʼni xom ashyoni eng kamida kalava ip va matoga aylantirgandan keyin soʻndiriladi. Bu tizimni joriy etishga byudjetdan 10 trillion soʻm yoʻnaltirilishi koʻzda tutilgan.
Binobarin, paxta-toʻqimachilik tarmogʻi tikilgan sarmoya tez qaytadigan yoʻnalish emas. Paxtani yetishtirishdan tortib, chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulotni isteʼmolchilarga yetkazib berish jarayoni oʻrtacha uch yil davom etadi. Sodda qilib aytganda, birinchi yil sarflangan mablagʻ uch yildan keyin qayta boshlaydi. Prezidentimiz sohaning shu kabi tashqaridan qaraganda ilgʻab boʻlmaydigan oʻziga xos jihatlarini inobatga olib, kredit ajratish, uning foizi va qaytarish muddatini belgilash tartibini oʻzgartirishga qaror qilgani biz, klaster ishtirokchilarining ruhiyatini koʻtardi, yangi biznes loyihalariga qoʻl urishga ragʻbatlantirmoqda.
Hozirgi vazifa — chuqur qayta ishlashni kengaytirish
Sir emaski, uzoq yillar davomida agrar sohaga yetarli eʼtibor qaratilmagani, bozor iqtisodiyoti tamoyillari amalda joriy qilinmagani, qishloq xoʻjaligi ishchilarida manfaatdorlik hissining pastligi oqibatida soha rivoji sustlashdi. Uning sanoatlashuvi esa deyarli kuzatilmadi. Oxir-oqibat ming mashaqqatlar evaziga yetishtirilgan paxta, asosan, xom ashyo, qisman kalava ip sifatida eksport qilindi. Buning foydasini xorijdagi qayta ishlash kompaniyalari koʻrdi.
Shu bois

Hisob-kitoblarga qaraganda, 1 kilogramm paxta tolasi xom ashyo sifatida sotilsa, uning qiymati 1,5 dollarni tashkil etadi. Agar undan kalava ip yigirib sotilsa, bahosi 2,5-3 dollarga yetadi, matoga aylantirilsa, aytaylik, jinsi matosi toʻqilsa 5 — 7 dollargacha qiymat qoʻshiladi. Shu matodan tayyor kiyim-kechaklar tikilsa, 15 — 25 dollar qoʻshimcha qiymat hosil boʻladi. Klasterlarni rivojlantirishning hozirgi bosqichida asosiy eʼtibor chuqur qayta ishlashga qaratilayotganining asl sababi ham mana shu — koʻproq foyda olish, qishloq xoʻjaligi ishchilari va sanoat xodimlarining moddiy manfaatdorligini oshirish.
Taʼkidlash kerakki, yurtimizda qisqa fursatlarda paxta xom ashyosidan tayyor mahsulotgacha boʻlgan bosqichlarni qamrab olgan 125
Yana bir paxta-toʻqimachilik klasteri — Koson tumanidagi “Bunyodkor” MCHJda umumiy qiymati 15 million yevrolik “Tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish” loyihasi ijrosi ham jadallashgan. Mazkur loyiha doirasida xorijdan eng zamonaviy texnologik uskunalar olib kelinib, 5 ming 900 tonna kalava ip va mato bilan birga, yiliga 8 million dona tayyor mahsulot ishlab chiqarishga erishiladi. 1 mingga yaqin ish oʻrinlari yaratiladi.
Hozir korxona tomonidan Rossiya, Turkiya, Pokiston va MDH davlatlariga kalava ip eksport qilinayotgan boʻlsa, joriy yilning toʻrtinchi choragidan eʼtiboran mahalliy va xorijiy buyurtmachilarga tayyor matolar, kiyim-kechaklar ham yetkazib berila boshlanadi.
Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasi tizimidagi subyektlarda amalga oshirilayotgan yirik investitsiyaviy loyihalar haqida soʻz ketganda, Mingbuloq tumanidagi “Art Soft Textile Cluster” klasteri tomonidan qurilayotgan paxtani qayta ishlash zavodi, Vobkent tumanidagi «Vobkent tola klaster” klasterida mato toʻqish va boʻyash fabrikalarini tashkil etish harakati boshlangani kabi yana oʻnlab istiqbolli loyihalarni sanash mumkin. Ular sanoat salohiyatini koʻtarish barobarida, ming-minglab ishchilarni bagʻriga olib, kambagʻallikni kamaytirishga xizmat qiladi. Bu esa klaster loyihalarining ijtimoiy ahamiyati ham katta ekanligidan dalolat beradi.
Kredit olishda paxta tolasini garovga qoʻyish mumkin
“Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan” yorligʻiga ega toʻqimachilik, tikuv-trikotaj mahsulotlari bugun dunyoning barcha qitʼasiga, 70 dan ortiq xorijiy davlatlarga yetkazib berilmoqda. Sohadagi yillik eksport hajmi esa 2 milliard dollarga yetkazildi. Shubhasiz, 30 yillik mustaqil taraqqiyot yillarida erishilgan ushbu natijalar ibratomuz. Ammo masalaga mavjud imkoniyat va sharoitdan kelib chiqib yondashadigan boʻlsak, hali natijalar salohiyatimiz darajasida emasligi oydinlashadi. Masalan, mamlakatimizda yiliga oʻrtacha 1 million tonna paxta tolasi tayyorlansa, shundan kamida 15 — 25 milliard dollarlik qoʻshimcha qiymat yaratish, eksportni esa keskin koʻtarish mumkin.
Bunga erishish uchun 2021-yil yakuniga qadar eksport hajmini 3 milliard dollarga chiqarish kutilyapti. Ushbu raqamlarni yil sayin oshirish uchun davlatimiz tomonidan zarur barcha shart-sharoit muhayyo qilinmoqda. Masalan, matoni boʻyash va aralash mato ishlab chiqaradigan uskunalar xaridi uchun korxona quvvatiga qarab, davlat hisobidan moliyaviy grantlar beriladi. Bunday loyihalarni kreditlash uchun 150 million dollar mablagʻ ajratiladi.
Boʻyalgan mato va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning eksportini qoʻllab-quvvatlash uchun davlat tomonidan past stavkalarda 100 million dollarlik yangi kredit liniyasi ochiladi. Ushbu turdagi mahsulotlarning kamida 80 foizini eksport qiluvchi klaster va boshqa toʻqimachilik korxonalari uchun ijtimoiy soliq stavkasi uch yil muddatga amaldagi 12 foiz oʻrniga 1 foiz qilib belgilanadi. Shuningdek, ularga mol-mulk soligʻini uch yilga kechiktirib toʻlash imkoniyati ham beriladi. Buning hisobiga, korxonalar ixtiyorida yiliga kamida 500 milliard soʻm mablagʻ qoladi.
Yana bir qulaylik shuki, kelgusi yildan kalava ipni qayta ishlaydigan klasterlarga kredit olishda paxta xom ashyosi va tolasini garovga qoʻyish amaliyoti joriy etiladi.
Prezidentimiz tomonidan shu kabi imtiyoz va yengilliklar taqdim etish orqali klasterlar xoʻjaliklariga katta ishonch bildirilmoqda. Davlat darajasida koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik va eʼtiborni barcha klaster rahbarlari chuqur his qilib turibdi. Buni zamonaviy quvvatlarni ishga tushirish, chuqur qayta ishlash hajmini muttasil oshirish, yangi brendlar yaratish, tashqi bozordagi raqobatni yengish va mahsulot eksporti geografiyasini kengaytirish orqali, albatta, oqlaymiz. Binobarin, yaratib berilayotgan qulay agrobiznes muhiti ichki imkoniyatlarni yuzaga chiqarishga keng yoʻl ochmoqda. Shunday ekan, sifatli va raqobatdosh mahsulotlarimiz bilan jahon bozorlarini, albatta, zabt etamiz.
Murtazo RAHMATOV,
Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasi raisi,
respublikada xizmat koʻrsatgan iqtisodchi, senator.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring