Kitob oʻqigani uchun kommunal toʻlovi toʻlab beriladi

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon tumani hokimligi tomonidan aholini kitobxonlikka keng jalb etish maqsadida tanlov eʼlon qilindi. Tanlov shartiga koʻra asosan yosh oila sohiblari oʻz xohishlariga binoan “Kitobxon oila” dasturiga aʼzo boʻlishi va uch oy davomida saralangan 5 ta kitobni oʻqib, boshqalarga ham targʻib qilishi kerak. Tanlov gʻoliblari mahalliy hokimlik tomonidan munosib ragʻbatlantirilibgina qolmasdan, shu davr ichidagi kommunal toʻlovlari ham toʻlab beriladigan boʻldi.
— Masalaning moddiy tomoniga qiziqib dasturga aʼzo boʻlishni istovchilar topilishi tabiiy hol, — deydi xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati Matlubaxon Gʻaniyeva. — Maqsad esa aholini kitobxonlikka, maʼnaviyatga, maʼrifatga jalb etishdan iborat. Shu bois oila aʼzolaridan oʻqigan kitoblari haqidagi fikrlari oʻrganib boriladi.
Ushbu loyiha koʻpchilikda qiziqish uygʻotmoqda. Soʻnggi uch kun ichida tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlganlarning soni 4 ming nafardan oshgani bunga yorqin misoldir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring