Kinolog yosh bolalar bor uylar uchun eng xavfli it zotlari haqida maʼlumot berdi

13:06 01 Noyabr 2024 Dunyo
266 0

Arxiv foto

AQSHlik kinolog yosh bolalar boʻlgan uylarda saqlash xavfli boʻlgan itlar zoti haqida maʼlumot berdi.

Floridalik Garret Ving huquq-tartibot idoralarida 18-yil davomida kinolog boʻlib ishlagan va keyinchalik itlarni xususiy ravishda oʻrgatishni boshlagan.

U Tibet mastifini bolalar uchun eng xavfli itlar roʻyxatida uchinchi oʻringa qoʻydi. Mutaxassisning fikricha, ularning boʻyi 65 santimetrdan, vazni esa 68 kilogrammgacha yetishi mumkin.

“Bunday it boʻrilar toʻdasi bilan kurashishga qodir. Sizningcha, kichkina bolalari boʻlgan uyda bunday narsa kerakmi? Aslo kerak emas”, — dedi Ving.

U Nemis dogi zotli itni bu roʻyxatda ikkinchi oʻringa qoʻydi. Mutaxassisning tushuntirishicha, bu itlar juda katta va vazni 90 kilogrammdan oshadi. Bu jonivorlar ajoyib uy hayvonlari boʻlishi mumkin boʻlsa-da, sizning kundalik tartibingizga juda koʻp oʻzgartirishlarni talab qiladi.

Uning ishonch bilan aytishicha, bunday itlar koʻp uylar uchun juda kattalik qiladi.

Ving Italiyaning Kane Korso zotini xavfli itlar roʻyxatida birinchi oʻringa qoʻydi. Uning soʻzlariga koʻra, vazni 50 kilogramm va boʻyi 70 santimetrdan oshadigan bu yirik hayvonni uyda saqlash juda xavflidir.

“Bu itlar 99,9 foiz odamlar uchun koʻp murakkablik tugʻdiradi. Biz buni nafaqat professionallar, balki Kane Korso egalari sifatida ham ayta olamiz. Ular haqiqiy tanklar va sizning hududingizga kerak emas”, — deydi Ving.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер