Kimyo, geografiya va matematika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari qachon oʻtkazilishi aytildi
Kimyo, geografiya va matematika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 21-22-fevral (shanba, yakshanba), 28-fevral, 1-2-mart (shanba, yakshanba, dushanba) va 7-mart (shanba) kunlari oʻtkazilishi belgilandi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali maʼlum qildi.
Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani “my.gov.uz” veb-saytidagi “Mening arizalarim” boʻlimi orqali yuklab olishlari mumkin boʻladi. Ruxsatnomada test sinovi oʻtkaziladigan sana, vaqt va manzil koʻrsatilgan boʻlib, talabgorlardan belgilangan vaqtda ruxsatnomada koʻrsatilgan manzilga yetib kelishlari soʻraladi.
Test sinovi oʻtkaziladigan binolarga kirish vaqtlari:
21-22-fevral kunlari:
- 1-smena: 07:00– 08:30;
- 2-smena: 13:00 – 14:30.
28-fevral, 1-2 va 7-mart kunlari:
- 1-smena: 07:00– 08:30;
- 2-smena: 12:30 – 14:00.
Shuningdek, talabgorlar test sinovi oʻtkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kiritiladi. Yuqorida kunlar va smenalar kesimida koʻrsatilgan vaqtdan kechikkan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi va ular uchun qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring