Kiyim ishlab chiqarishda qaysi hudud peshqadam?
2025-yilning yanvar–noyabr oylarida Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan jami 37,9 trln soʻmlik kiyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Hududlar kesimida kiyim ishlab chiqarish hajmi boʻyicha Andijon viloyati yetakchilik qilmoqda. Viloyatda shu davr mobaynida 17,2 trln soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Hududlar kesimida kiyim ishlab chiqarish hajmi quyidagicha taqsimlangan:
- Andijon viloyati – 17,2 trln soʻm;
- Namangan viloyati — 3,7 trln soʻm;
- Toshkent viloyati — 3,6 trln soʻm;
- Toshkent shahri — 2,6 trln soʻm;
- Fargʻona viloyati — 2,2 trln soʻm;
- Navoiy viloyati — 1,9 trln soʻm;
- Qashqadaryo viloyati — 1,6 trln soʻm;
- Buxoro viloyati — 1,5 trln soʻm;
- Samarqand viloyati — 1,2 trln soʻm;
- Surxondaryo viloyati — 562 mlrd soʻm;
- Jizzax viloyati — 524,1 mlrd soʻm;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 497,4 mlrd soʻm;
- Sirdaryo viloyati — 390,6 mlrd soʻm;
- Xorazm viloyati — 387,8 mlrd soʻm.
Qayd etilishicha, ushbu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 24,3 foizga oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring