Kiberjinoyatchilikning oldini olish tizimi takomillashtiriladi
“Oʻzbekiston Respublikasining Kiberxavfsizlik strategiyasini belgilash va kiberjinoyatchilikning oldini olish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–38-son, 10.03.2026-y.) qabul qilindi.
Farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasining 2026–2030-yillarga moʻljallangan kiberxavfsizlik strategiyasi tasdiqlandi.
Farmonga koʻra, 2026-yil 1-apreldan Adliya vazirligi, Energetika vazirligi hamda Soliq qoʻmitasida Kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻlimi tashkil etiladi.
2026-yil 1-apreldan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan byudjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari hisobidan hamda byudjet parametrlari doirasida zarur mablagʻlar kiberxavfsizlikni taʼminlash masalalariga yoʻnaltiriladi.
Davlat xavfsizlik xizmatining milliy axborot tizimlari va resurslarining zamonaviy kibertahdidlarga bardoshlilik darajasini oshirish maqsadida ularning kiberxavfsizlik borasidagi kamchiliklarini aniqlash boʻyicha mustaqil ekspertlar ishtirokida tanlovlar oʻtkazib boriladi.
Mazkur tanlovlar Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadigan maxsus elektron platformada oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring