Kibersport rasman sport turi sifatida tan olindi

Kibersport Qozog‘istonda rasman sport turi sifatida olindi.
Bu haqda Qozog‘iston sport va jismoniy tarbiya ishlari bo‘yicha qo‘mita saytida ma’lum qilindi.
“Madaniyat va sport vazirligi bizning federatsiya arizasi asosida kibersportni 25 iyun kuni rasman sport turi sifatida tan oldi. Shu munosabat bilan barcha kibersport muxlislarini tabriklayman”, - deya yozdi Qazaq Cybersport Federation prezidenti Quanishbek Yesekeyev o‘zining Facebookdagi sahifasida.
Uning so‘zlariga qaraganda, o‘tgan yili kibersport ishqibozlari tomonidan tashkil etilgan Qazaq Cybersport Federation respublika jamoat birlashmasi qo‘llab-quvvatlandi va tan olindi.
Eslatib o‘tamiz, kibersportni olimpiya sport turi sifatida tan olinishi bilan bog‘liq masala Xalqaro olimpiya qo‘mitasida ko‘rib chiqilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring