Xususiy klinikalar ayrim yuqori texnologik xizmatlar boʻyicha davlat shifoxonalaridan oʻtib ketgani qayd etildi
Qarshi shahri, Angor va Boʻston tumanlarida yurak-qon tomir kasalliklari yuqori boʻlishiga qaramasdan, Kardiologiya markazi bu borada aniq chora-tadbir belgilamagan.
Qarshi shahri, Angor va Boʻston tumanlarida yurak-qon tomir kasalliklari yuqori boʻlishiga qaramasdan, Kardiologiya markazi bu borada aniq chora-tadbir belgilamagan. Bu markazga uch yil oldin 5 million dollarga olib berilgan zamonaviy laboratoriya va simulyatsiya uskunalari bir kun ham ishlatilmagani qayd etildi.
Endokrin kasalliklarning dorisi uchun har yili 100 milliard soʻm ajratilmoqda. Lekin qalqonsimon bez kasalligi Qoraqalpogʻiston, Samarqand, Surxondaryo va Jizzaxda yuqoriligicha qolmoqda.
Endokrinologiya markazi xizmatlarning narxini bir yilda 35 foizga oshirgan, lekin kasalliklarning profilaktikasini oʻylagani yoʻq.
Bugun xususiy klinikalar davlat shifoxonalari bilan tengma-teng turib, ayrim yuqori texnologik xizmatlar boʻyicha oldinga ham oʻtib ketgani taʼkidlandi.
Masalan, jarrohlikda robot texnologiyalari ham birinchilardan boʻlib xususiy sektorda qoʻllandi. Lekin Neyroxirurgiya, Xirurgiya markazlarining esa robot yordamidagi operatsiyalarni qachon yoʻlga qoʻyish boʻyicha rejasi yoʻq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring