Xo‘jand: tarix va zamonaviylik chorrahasi
Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Tojikistonning shimoliy marvaridi sanalmish Xo‘jand shahri qadimiy va zamonaviy qiyofani mujassam etgan maskanlardan biridir. Farg‘ona vodiysining qoq markazida joylashgan bu shahar uzoq asrlik tarixi, madaniy merosi va o‘ziga xos atmosferasi bilan sayyohlarni o‘ziga jalb etadi.

Fotoreportajimiz davomida Xo‘jandning muhim diqqatga sazovor joylari – Temurmalik qal’asi, Shayx Muslihiddin maqbarasi, Panjshanbe bozori va shahar markazidagi zamonaviy inshootlar bilan tanishdik. Bozor, shubhasiz, Xo‘jandning yuragi hisoblanadi: bu yerda sharqona an’analar, rang-barang mahsulotlar va mehmondo‘st savdogarlar har bir tashrif buyurganga iliqlik bag‘ishlaydi.

Xo‘jand faqat tarixiy yodgorliklar emas, balki o‘zgarishlar sari intilayotgan, zamonaviy rivojlanishga yuz tutgan shahar ekaniga yana bir bor amin bo‘ldik. Ushbu suratlar orqali Xo‘jandning betakror ruhi va hayot tarzini ko‘rsatishga harakat qildik.


















































Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring