«Xotira» ko‘rgazmasi: tasvirda muhrlangan tarix va jasorat
Foto: Yunus Bo‘riyev, Davronbek Ernazarov / «Xalq so‘zi»
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida «Xotira» nomli grafika ko‘rgazmasi ochildi.

Ushbu badiiy loyiha tinchlik yo‘lida ko‘rsatilgan jasorat, mardlik va fidoyilikni yuksak qadrlashga qaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi ko‘magida tashkil etildi.
Ko‘rgazma ekspozisiyasida Qutlug Basharov, Lekim Ibragimov, Medat Kagarov, Nuriddin Kalanov, Gennadiy Jirnov, Georgiy Chiganov kabi mashhur rassomlar tomonidan yaratilgan 45 ta grafik asar namoyish etilmoqda. Ularda tarixiy xotira, insonparvarlik, fojiali voqeliklar va inson taqdiri teran va ta’sirchan ifoda etilgan.

Asarlarda ofort, linogravyura va litografiya kabi grafika turlariga xos ixcham va ta’sirli ifoda vositalari orqali o‘tmishga murojaat, inson hissiyoti va jasorati aks ettirilgan. Har bir asar o‘tmish bilan muloqot, xotirani ruhiyat bilan anglash, qalbda saqlash zarurligini yodga soladi.
«Xotira» ko‘rgazmasi 2025 yil 8 iyungacha tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘ladi.






Foto: Yunus Bo‘riyev, Davronbek Ernazarov / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring