Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish va uni bartaraf etishning dolzarb masalalariga bagʻishlangan ilmiy-amaliy konferensiya
2025-yil 25-noyabrdan 10-dekabrga qadar butun dunyoda “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish uchun birlashaylik” shiori ostida oʻtkazilayotgan xalqaro kampaniya doirasida joriy yilning 4-dekabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetida “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish va uni bartaraf etishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari O. Ataniyazova ishtirok etdi.
Senator oʻz chiqishida xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish, ayniqsa raqamli makonda ayollar xavfsizligini taʼminlash masalalari nafaqat huquqiy, balki ijtimoiy hamda maʼnaviy jihatdan katta eʼtibor talab qilishini qayd etdi.
Jamiyat taraqqiyoti va inson huquqlarining kafolatlanishi, avvalo, har bir ayolning huquqlari va qadr-qimmatini ishonchli himoya qilishdan boshlanishi qayd etildi. Shuningdek, mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, zoʻravonlikning barcha koʻrinishlariga qarshi kurashish boʻyicha tizimli ishlar olib borilayotganiga, raqamli zoʻravonlik va kibertahdidlarga qarshi samarali yondashuvlar ishlab chiqish zarurligiga eʼtibor qaratildi.
Konferensiya davomida mutaxassislar, olimlar va ekspertlar muhokama qilingan mavzuga oid taklif va tavsiyalarini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring