Xorijning nufuzli universitetlarida tahsil olgan stipendiatlarning qanchasi mamlakatimizga qaytdi?
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi axborot xizmati ushbu savolning javobini ochiqladi. Unga koʻra 2018-2024-yillar davomida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan 2225 nafarga yaqin stipendiatlar dunyoning 45 ga yaqin davlatlariga taʼlim olish va stajirovka oʻtish uchun yuborilgan. Shundan, 1400 nafari Oʻzbekistonga qaytib, xorijda toʻplagan ilgʻor bilim va koʻnikmalarini iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, taʼlim, fan, tibbiyot va davlat boshqaruvi yoʻnalishlarida qoʻllab kelmoqda.
Xorijda taʼlim olishni yakunlagan uzoq muddatli dasturlar asosida oʻqigan 372 nafar stipendiat, jumladan, 14 nafari bakalavriat, 316 nafari magistratura va 42 nafari doktorantura dasturlarida taʼlim olishni yakunlab, hozirda respublikamizda mehnat faoliyatini olib bormoqda.

Bugungi kunda, 748 nafar stipendiat dunyodagi Top-300 talikdagi xorijiy nufuzli universitetlarda taʼlim olishni davom ettirmoqda. Stipendiatlarning 399 nafari bakalavriatda, 242 nafari magistraturada, 107 nafari doktoranturada tahsil olmoqda.
Mazkur stipendiatlarning davlatlar kesimidagi tahliliga koʻra, AQSHda 364 nafar, Buyuk Britaniyada 193 nafar, Italiyada 38 nafar, Germaniyada 27 nafar, Avstraliyada 25 nafar hamda qolganlari boshqa rivojlangan davlatlarda taʼlim olishmoqda.
Umida ABDURASHIDOVA,
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring