Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi
Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish boʻyicha qaror Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami: 3318, 07.09.2021 y). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
➖ Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlarning roʻyxati;
➖ Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar oʻrtasidagi muvofiqlik darajasi.
Eslatib oʻtamiz, davlat taʼlim muassasalari xorijiy tillar oʻqituvchilari uchun xorijiy tillarni oʻzlashtirish darajasi boʻyicha talablar belgilangan.
Unga koʻra, 2022/2023 oʻquv yilidan davlat taʼlim muassasalarining xorijiy tillar oʻqituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi lozim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring