Xorijda Oʻzbekiston tarixi, madaniyati va oʻzbek tilini oʻrganish targʻibotiga 10 mlrd. ajratiladi

11:28 05 Aprel 2022 Jamiyat
1433 0

Xorijiy davlatlarda Oʻzbekiston tarixi, madaniyati va oʻzbek tilini oʻrganish targʻiboti amalga oshiriladi. Prezidentning bu boradagi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Unga koʻra, xorijiy mamlakatlarda oʻzbek tili va adabiyoti, madaniyati va tarixini oʻrgatishni nazarda tutuvchi “Uzacademy” internet platformasi yaratiladi.

Qayd etilishicha, 2024-yil 1-yanvarga qadar Rossiya, Qozogʻiston, Fransiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Hindiston va Xitoy mamlakatlarining taʼlim va ilmiy muassasalarida “Uzbek Studies” kafedralari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, 2023-yil 1-yanvardan boshlab har yili “Uzacademy” internet platformasi orqali onlayn tarzda hamda “Uzbek Studies” kafedralarda taʼlim olayotgan yoshlar oʻrtasida olimpiada, viktorina va musobaqalarda gʻolib boʻlganlar uchun “Xush kelibsiz, Oʻzbekistonga!” dasturi amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?