Xorazmlik gʻallakorlar gʻalla topshirish boʻyicha rejani bajardi

Arxiv surat
Odilbek ODAMBOYEV/ «Xalq soʻzi». Xorazmlik gʻallakorlar Oʻzbekistonda birinchi boʻlib gʻalla topshirish boʻyicha shartnoma rejasini bajardilar. Viloyatda gʻallachilik klasterlari va fermer xoʻjaliklari tomonidan 33 ming 200 gektar maydonga gʻalla ekilib, agrotexnologiya talablari asosida parvarishlash natijasida bugʻdoydan moʻl hosil yetishtirildi.
Hosilni qisqa muddatda yigʻib olish uchun 150 tadan ortiq yuqori zamonaviy kombaynlar tayyorlanib, gʻallani oʻrish va qabul maskanlariga tashish ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Viloyat gʻallakorlari shartnomada davlat zaxirasi va birja savdolari uchun yetkazib berilishi belgilangan 84 ming 400 tonna rejani 109 foiz qilib bajardilar. Viloyat dalalarida hali hosil bor, oʻrim-yigʻim ishlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Oʻzbekiston terma jamoasi Quvayt bilan 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring