Xorazmdagi kinoteatrga DCP formatli zamonaviy kinouskuna oʻrnatiladi

16:35 14 Fevral 2023 Madaniyat
693 0

Bugun Oʻzbekiston milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi rahbari M.Muxtorov boshchiligidagi Ishchi guruh Xorazm viloyati Urgench shahrida joylashgan “Xudoybergan Devonov” nomli kinoteatr binosiga DCP formatli zamonaviy kinouskuna oʻrnatish masalasini oʻrganish uchun ushbu kinoteatrga amaliy tashrif buyurdi.

Oʻrganish jarayonida kinoteatr binosini DCP uskanasini oʻrnatishga tayyorlash, akkustika, ekran va boshqa jihozlarni oʻrnatish uchun zarur shart-sharoitlarni tayyorlash boʻyicha rejalar belgilab olindi.

Ishchi guruhiga viloyat hokimi oʻrinbosari B.Saidov hamrohlik qilib, yangi kinouskunani oʻrnatish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni qoplashda hokimlik tomonidan amaliy yordam koʻrsatilishi maʼlum qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?