Xorazmda Shakarjon Xoʻjaniyozova nomidagi tanlov gʻoliblari aniqlandi
Odilbek ODAMBOYEV/“Xalq soʻzi”. Davlatimiz rahbari joriy yilning 1-2-may kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi chogʻida koʻp yillar davomida el-yurt uchun fidokorona xizmat qilgan davlat va jamoat arbobi Shakarjon Xoʻjaniyozova tavalludining 70-yilligini keng nishonlash, xotirasini abadiylashtirish hamda viloyatdagi faol xotin-qizlar oʻrtasida Shakarjon Xoʻjaniyozova nomidagi rahbar ayollar tanlovini oʻtkazish boʻyicha topshiriq bergan edi.

Kecha Urganch shahrida mazkur tanlovning final bosqichi oʻtkazildi. Xotin-qizlarning salohiyatini roʻyobga chiqarish, ularning jamiyat hayotida faolligini oshirish, rahbarlik fazilatlarini ragʻbatlantirishga qaratilgan tanlovda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan tashabbuskor opa-singillarimiz ishtirok etdi.

Hakamlar hayʼati qaroriga koʻra tanlovning yakuniy bosqichida Bonu Oʻtkirova birinchi oʻrinni, Shahnoza Qalandarova ikkinchi oʻrinni, Quvonch Sherjonova uchinchi oʻrinni egalladi. Tanlov gʻoliblarga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi. Nizomga muvofiq ushbu tanlov bundan buyon anʼanaviy tarzda oʻtkazib boriladi.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring