Xorazmda qariyb 144 million soʻmlik aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha. oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro Oʻ.S. fuqaro H.A.ga 3 ming 100 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotgan vaqtida ushlangan.
Tezkor tadbir xodimlari fuqaro Oʻ.S.dan umumiy bahosi 143,4 million soʻmlik jami 6 ming 520 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi departament xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring