Xorazmda Konstitutsiyaga bagʻishlangan bayram oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi Xorazmda ham keng nishonlandi. Viloyatning barcha shahar va qishloqlarida, mahallarda, oʻquv yurtlari va mehnat jamoalarida “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” shiori asosida madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi. Bayram arafasida bir qator ijtimoiy soha obyektlari, turar-joylar va ishlab chiqarish quvvatlari foydalanishga topshirildi.
Urganch shahrida “Konstitutsiya koʻchasi” tashkil etilib, Bosh Qomusimizning mazmun-mohiyatini yorituvchi koʻrgazmalar oʻrnatildi, yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan viktorinalar va tematik tadbirlar oʻtkazildi.

Bayram tantanalarining asosiy qismi Urganch shahridagi viloyat musiqali drama teatri binosida boʻlib oʻtdi. Mehnat faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda viloyat hokimi Joʻrabek Raximov qatnashchilarni Konstitutsiya bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.
Tantanalar viloyat sanʼat ustalari ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.
Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring