Xorazmda Xudoybergan Devonov nomidagi kinoteatr ochildi

13:26 04 Oktyabr 2023 Jamiyat
290 0

Bugun, 28-sentyabr kuni XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Xorazm viloyatida birinchi kinooperator, oʻzbek kinosi dargʻasi Xudoybergan Devonov nomidagi kinoteatr ochilishi boʻlib oʻtmoqda.

Ochilish marosimiga bagʻishlangan tadbirda Xorazm viloyati hokimi Joʻrabek Rahimov, Oʻzbekiston xalq artisti Matyoqub Matchonov, taniqli kinorejissyor Hilol Nasimov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Muhammadali Abduqunduzovlar soʻzga chiqib, Xudoybergan Devonovning kinochilik rivojiga qoʻshgan hissasi bugungi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmaganini, kelajak avlod uning boy madaniy merosidan uzoq yillar davomida foydalanish imkoniyatiga ega ekanini taʼkidlab oʻtishdi.

Ochilish marosimi davomida mehmonlar uchun fotokoʻrgazma shu bilan birga, operator hayoti va ijodiga bagʻishlangan badiiy kecha tashkil qilindi.

Marosim doirasida Xudoybergan Devonov nomiga “Turksoy” oliy mukofotining topshirilishi boʻlib oʻtdi.

Shundan soʻng “Birinchi qaldirgʻoch” filmi namoyish etildi.

Shuningdek, kun davomida Urgency shahrida bunyod etilgan, aynan “Xiva Langari” filmining suratga olish jarayonlari oʻtkazilayotgan kino shaharchasining taqdimoti boʻlib oʻtadi. Unda xorijiy delegatsiyalar vakillari, film ijodkorlari, kinoshunoslar, OAV xodimlari va boshqalar ishtirok etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?