Xorazmda fuqaro tanishini obroʻsizlantirish bilan tahdid qilib 5000 AQSH dollari talab qildi

10:58 25 Oktyabr 2021 Jamiyat
887 0

Shovot tumanida yashovchi 1989-yilda tugʻilgan fuqaro Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish deportamenti Xorazm viloyati boshqaramasiga murojaat qilgan. Fuqaro murojaatida tanishi uning shaxsiy hayoti aks etgan fotosuratlarni “Instagram” ijtimoiy tarmogʻiga joylashtirish orqali uni obroʻsizlantirish bilan tahdid qilayotganini bildirgan.

Boshqarma tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida 1999-yilda tugʻilgan fuqaro akasining nomiga ochilgan Instagram sahifasidan suratlarni olib tashlash evaziga tanishidan 5000 AQSH dollari olayotgan vaqtda qoʻlga olingan.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?